Maxfiylik bo'yicha umumiy ma'lumot
Maxfiylik profilingiz ustidan to'liq nazorat qila olasiz
Getcontact Maxfiylikni boshqarish markazi profilingiz ma'lumotlari qanday ko'rsatilishi va hamjamiyatdagi boshqa foydalanuvchilarga qaysi ma'lumotning ko'rsatilishini to'liq nazorat qilish imkonini beradi. Bu yerdan siz ilovada xohlagan vaqtingizda profilingizni tahrirlashingiz yoki uni o'chirib qo'yishingiz mumkin. Maxfiylikni boshqarish markazi hamma uchun, shu jumladan obunachi bo'lmaganlar uchun ham mavjud.
Biz shaxsiy ma'lumotlarni sotmaymiz
Shaxsiy ma'lumotlaringiz biz bilan xavfsiz va ishonchli ekanligiga ishonch hosil qilishingizni istaymiz. Biz shaxsiy ma'lumotlarni hech kimga sotmaymiz. Xizmatlarimizdan hamma foydalana olishi uchun biz uni bepul taqdim etamiz va Google hamda Facebook kabi reklama hamkorlari bilan ishlaymiz. Reklamasiz foydalanish va ba'zi qo’shimcha kengaytirilgan xususiyatlardan foydalanishni istagan foydalanuvchilar Premium to'plamlarimizga obuna bo'lishlari mumkin.
Ruxsatlar uchun biz har doim sizning roziligingizni so'raymiz
Getcontact xizmatlarini ishga tushirish va foydalanishdan bahramand bo'lishingizga qanday ruxsatlar kerakligini bilishlik uchun doimo qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. Qaysi xususiyatlardan foydalanayotganingizga qarab, sizdan ixtiyoriy ruxsatlarni talab qilamiz. Lekin bu ruxsatlar har bir ruxsat berilishidan oldin sizga tushuntirilgan maqsad bilan cheklangan va faqatgina shu maqsadda foydalaniladi. Qo'shimcha ma'lumot uchun Maxfiylik siyosati ni o'qib chiqing.
Biz mijozlarni 24/7 qo'llab-quvvatlaymiz
Mijozlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha maxsus guruhimiz sizga texnik yordam yoki qo’llab-quvvatlash bo’yicha 24/7 davomida xizmat ko’rsatadi. Agar sizda biron bir savol mavjud bo'lsa yoki Getcontact haqida ko'proq ma’lumot olishni istasangiz, istalgan vaqtda qo'llab-quvvatlash jamoamiz bilan bog'lanishingiz mumkin.